O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

4-bob. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish
27-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda
mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning
familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va
yashash joyi manzili kiritiladi.


Saylovchilar ro‘yxatlari Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha
axborot tizimi ma’lumotlari asosida tuziladi.
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolarining
va boshqa saylovchilarning ro‘yxatlari, agar ular harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashasa,
harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan
tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda
saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash
muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalar
bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan
ma’lumotlar asosida tuziladi.
(27-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
52-moddasi
, 94-moddasi 
birinchi

oltinchi qismlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 
6-
bobi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin