O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


 -modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlariga kiritish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

27 -modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlariga kiritish
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar boshliqlari
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar
ro‘yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi.
Chet davlatlarda turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik
va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar
ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovdan o‘n besh kun oldin yozma shaklda yoki O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni
saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarni
tekshiradi va fuqaroni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi
ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar
haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish
uchun taqdim etadi.
(27 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin