O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari xususida bahslashuv



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

30-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlari xususida bahslashuv
Har bir fuqaro saylovchilarning ro‘yxatlaridagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov
komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi
va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi
to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
101-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
.
Uchastka saylov komissiyasining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
27

102-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini
yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 
142-moddasi
.
5-bob. Saylov byulleteni
31-modda. Saylov byulletenining mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir
saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi

o‘n to‘qqizinchi xatboshilari
.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni viloyat, tuman va
shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi 
birinchi

o‘ninchi xatboshilari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni
nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan
tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
32-moddasi
, 52-moddasi 
birinchi qismi

55

57-moddalari
, 58-moddasi
ikkinchi qismi

81

82

94 — 96-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil
23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov
komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 
7-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin