25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
32-modda. Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan
muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan
oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini okrug va uchastka saylov
komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov
byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta’minlaydi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089- son) Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni uchastka bo‘yicha
ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas.
Saylov byulleteni o‘ng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi
imzo qo‘yadi, imzolar uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov
komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga
olinmaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi , 52-moddasi birinchi qismi , 55 , 94-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 7-bobi .