O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

34-modda. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov
komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini
tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil
tayinlashga haqli.
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya
tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini o‘z yonida olib yurishi
shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi 
oltinchi qismi
, 39-moddasi 
uchinchi qismi
, 58-moddasi
beshinchi qismi
, 63-moddasi 
ikinchi qismi
, 69-moddasi 
ikkinchi qismi
, 89-moddasi 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan
“Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida 
nizom
”.
35-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari
Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir
barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni
sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
8-moddasi
, 11-moddasi 
yettinchi qismi
, 54-moddasi 
ikkinchi qismi
, 55-
moddasi 
birinchi qismi
, 56-moddasi 
ikinchi qismi
, 58-moddasi 
birinchi qismi
.
Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman
va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi

o‘n uchinchi xatboshilari
.
Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi
akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori
bilan tasdiqlangan “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 
nizom
”.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin