O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

7-bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda
ishtirok etishi


36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy
Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari
muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi

uchinchi xatboshlari
.
37-modda. Nomzodlar ko‘rsatish huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
62

68-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi birinchi qismi 
birinchi

to‘rtinchi xatboshilari
.
38-modda. Imzolarni to‘plash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi
bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarga belgilangan namunadagi imzo
varaqalarining blankalari beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha siyosiy partiya o‘zining vakolatli vakili
ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini olganidan keyingina saylovchilarning imzosini to‘plashga
haqli. Bu sanaga qadar to‘plangan imzolar hisobga olinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
34-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli. Bunda saylovchi o‘z
familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda
tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining yoki identifikatsiya ID-kartasining
seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatadi. Mazkur ma’lumotlar qo‘lda
yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga o‘z imzosini qo‘yadigan saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
saylovchining iltimosiga ko‘ra imzo to‘plashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi
mumkin.
(38-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Imzo varaqasi imzoni to‘plagan shaxs tomonidan o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi
ko‘rsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi
rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.
Saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida,
shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda
amalga oshiriladi. Imzo to‘playotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va o‘ziga og‘dirib
olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Imzo to‘plash tamomlanganidan so‘ng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini
Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi

o‘n to‘qqizinchi xatboshilari
, 34-moddasi 
birinchi
qismi
, 63-moddasi 
ikkinchi qismi
, 68-moddasi 
birinchi

uchinchi xatboshilari
, 69-moddasi birinchi qismi
birinchi

to‘rtinchi xatboshilari
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin