O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

42-modda. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz
kechishi
Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi
bilan o‘n besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli saylov komissiyasi
tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya nomzodlar ko‘rsatish
muddati tugaguniga qadar tegishli saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida
taklif kiritishi mumkin.
Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish
huquqidan mahrum etadi.
Nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun
u tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum bo‘lgan yoxud
nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda nashr etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning
familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr o‘chiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida
bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni
sanab chiqish chog‘ida haqiqiy emas deb topiladi.
(42-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-
son)
43-modda. Nomzodning ishonchli vakillari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod o‘n besh nafarga qadar, Qonunchilik
palatasi deputatligiga nomzod o‘n nafarga qadar, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod besh
nafarga qadar, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli
vakilga ega bo‘lishga haqli, ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam
beradi, saylash uchun tashviqot olib boradi, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov
komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentligiga 
nomzodning 
ishonchli 
vakillari 
uning
taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi, Markaziy saylov
komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini o‘z xohishiga ko‘ra
belgilaydi va ular haqida tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli
vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi.
Nomzod saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qilgan
holda istalgan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin.
Ishonchli vakil istalgan vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Nomzodlar ishonchli vakillarining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi safar xarajatlari
saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
34-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan “Nomzodning ishonchli vakillari to‘g‘risida 
nizom
”.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin