O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Tashviqot olib borish turlari, shakllari va usullari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

45-modda. Tashviqot olib borish turlari, shakllari va usullari
Tashviqot quyidagicha tarzda olib boriladi:
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining
deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi
to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.
Tashviqot omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning
yig‘ilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib
borilishi mumkin.
Tashviqot:
ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet jahon
axborot tarmog‘i orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va
boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Tashviqot davrida uni olib borishning ushbu Kodeksda taqiqlanmagan boshqa turlari,
shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
46 — 48-moddalari
.
46-modda. Tashviqotni ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga
ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar
ta’minlanadi.
Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi
mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonunchilikka muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni
ajratilishi mumkin.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq
to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti
siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli saylov komissiyasi tomonidan
belgilanadi.
(46-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi 
uchinchi — beshinchi qismlari

35

45

47

48-moddalari
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin