O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

55-modda. Ovoz berish tartibi
Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida
to‘ldiradi. Saylov byulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir
bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif
qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy
axborot vositalari vakillari mustasno.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning
 4 
va 
9-ilovalari
.
Saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda
joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi
mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap
burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 3-moddasi 
birinchi qismi

7

50, 51

53, 54

57-moddalari
.
56-modda. Saylovchining turgan joyida ovoz berish
Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga
kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning
iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining
turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz
berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari
hozir bo‘lishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
51

53

55-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin