O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

12-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari
61-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga
ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha
kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti etib saylanishi mumkin.
Quyidagilar:
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
62-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining
 8-moddasi
.
63-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy
partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga
kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt
ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida
partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil
qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini
va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi
partiyalarning ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon
qilinadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin