O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

65-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan
ikki oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod
qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini yangi saylangan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.
66-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgarigi saylov
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch
oy muddat ichida, ushbu Kodeksga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
13-bob. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari
67-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi
Qonunchilik palatasi besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha
ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadi.
68-modda. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan va o‘zining saylovda ishtirok
etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina
deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.
Belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari saylov kampaniyasi boshlanganligi
e’lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri)
siyosiy partiya qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foizi imzosini to‘plashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish
uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish
tartibi to‘g‘risida 
nizom
”.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin