O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

69-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan
hujjatlar
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun
qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi
boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi
ma’lumotnomasi;
imzo varaqalari.
Ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov
komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjat qabul qilib olingan sana va vaqt qayd etilgan
ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik
muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul
qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida
markaziy matbuotda e’lon qilinadi.
70-modda. Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va
saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.


Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Siyosiy partiyalar deputatlikka bir yuz ellik nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan
bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir. Bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan
deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy
partiyalar tomonidan belgilanadi.
Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining
kamida o‘ttiz foizini tashkil etishi kerak.
Siyosiy partiyalar o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib
ko‘rsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin