O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

73-modda. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida
Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi.
Deputat etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan
paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga
Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit
qilganligi to‘g‘risida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Qonunchilik palatasi deputatlariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘n kun ichida
guvohnoma va ko‘krak nishoni beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi
qarori
.
74-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish
Deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida
yangi saylov o‘tkaziladi.
Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida
tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov
komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun qolganida
tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganida tugallanadi.
Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida
Qonunchilik palatasi deputatining o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda, ushbu bo‘shab qolgan o‘ringa
yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
14-bob. Senatni shakllantirish tartibi

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin