O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

79-modda. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish
Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish qo‘shma majlisda amalga oshiriladi.
Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun raislik qiluvchining taqdimnomasiga binoan
ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan Maslahat kengashi saylanadi.
Maslahat kengashi katta tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li, katta yoshli deputatlar orasidan,
qoida tariqasida, har bir mahalliy Kengashdan bittadan vakil saylanadi.
Maslahat kengashi o‘z raisini saylaydi.
Maslahat kengashi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat
faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat
ko‘rsatgan eng obro‘li deputatlar orasidan Senat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatadi va ko‘rib chiqadi
hamda saylov byulleteniga kiritish uchun taklif kiritadi.
Nomzodlarning alohida-alohida eshituvi va muhokamasi natijalariga ko‘ra qo‘shma majlisda
ularni saylov byulleteniga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputatlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan Senat
a’zoligiga nomzod saylov byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.
Saylov byulleteniga olti nafardan kam bo‘lmagan Senat a’zoligiga nomzodlar kiritiladi.
80-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish
Yashirin ovoz berishni o‘tkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qo‘shma majlisda ishtirok
etayotgan deputatlar orasidan to‘qqiz nafargacha a’zodan, shu jumladan komissiya raisi va
kotibidan iborat tarkibda Sanoq komissiyasi saylanadi.
Sanoq komissiyasi:
Senat a’zoligiga saylov bo‘yicha ovoz berishni tashkil etadi va o‘tkazadi;
qo‘shma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni o‘tkazish vaqti, joyi va tartibini e’lon
qiladi;
saylov byulletenlarini ularga Senat a’zoligiga har bir nomzodning tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan
holda, familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish orqali tayyorlaydi;
ovoz beruvchilarning ro‘yxatini aniqlashtiradi, ularga saylov byulletenlarini topshiradi;
saylov byulletenining yuz tomoniga muhr qo‘yadi va unda Sanoq komissiyasining kamida ikki
nafar a’zosining imzosi qo‘yilgan bo‘lishini ta’minlaydi;
ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida bayonnoma tuzadi;
yashirin ovoz berish natijalarini qo‘shma majlisga tasdiqlash uchun kiritadi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin