90-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi
hududida muqim yashayotgan fuqarolar mahalliy Kengashlar deputatligiga saylanish huquqiga
ega.
Quyidagilar:
sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud
sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim
yashamagan fuqarolar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona
qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari mahalliy Kengashlar
deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor
shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda,
egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar
deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 937-son qarori bilan tasdiqlangan “Mansabdor shaxslari deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadigan ijro hokimiyati organlari ro‘yxati ”. 91-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi Mahalliy Kengashlarning deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun
qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.
Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning tegishli
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalar tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan mahalliy Kengashlar
deputatligiga bittadan nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir.
Bir shaxs tegishli mahalliy Kengashga saylov o‘tkazish bo‘yicha faqat bitta saylov okrugidan
deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibi siyosiy