O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

93-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish
Deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi
saylov o‘tkaziladi.
Saylov tegishli mahalliy Kengash tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida
tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov
komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun
qolganida tuziladi.
Tegishli mahalliy Kengashning vakolat muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida
deputatning o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi
o‘tkazilmasligi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
93 -modda. Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar
deputatlari saylovi
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi
ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul
qilinganidan keyin ikki oy ichida o‘tkaziladi.
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari
saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari
deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga
kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil
etiladi. Bunda saylov okrugi saylovga yigirma sakkiz kun qolganda, okrug saylov komissiyasi
saylovga yigirma besh kun qolganda, saylov uchastkasi esa saylovga yigirma kun qolganda,
uchastka saylov komissiyalari saylovga o‘n besh kun qolganda tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni
ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganda tugallanadi.
Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa yoki
vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikning xalq deputatlari
Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida o‘n besh
kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida o‘ttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan
ma’muriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
(93 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin