25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
95-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash Okrug bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan
bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
okrug bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini;
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish
chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, okrug saylov komissiyasi o‘z majlisida uchastka
komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Okrug bo‘yicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va
bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari
tomonidan imzolanadi hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur
bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol okrug saylov
komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son) Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlariga okrug
bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash ushbu moddada belgilangan tartibda tuman, shahar saylov
komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(95-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son) LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 8-bobi va 5 , 6a — 6v-ilovalari .