O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

102-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib
chiqish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va
saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin
besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan
qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat
qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga kamida olti kun
qolganida esa darhol ko‘rib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni ko‘rib chiqishda
bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
(102-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
102 -modda. Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining transportdan foydalanish huquqi
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi aeroportlar va aerovokzallar, temir yo‘l vokzallari hamda
stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zallaridan tekin foydalanish
huquqiga ega.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi o‘z guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin temir yo‘l
vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar
unga poyezd vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishi shart. Markaziy saylov
komissiyasi a’zosi Markaziy saylov komissiyasining majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi
parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.
(102 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin