LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi
birinchi
,
sakkizinchi xatboshilari
, 20-moddasi
birinchi
,
to‘rtinchi xatboshilari
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi
deputatlari saylovini
o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida
muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug
saylov komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga
binoan tasdiqlanadi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Xalq
deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Okrug saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilikning obro‘-e’tiborli
vakillari orasidan
tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning
2-bobi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son
qarori bilan tasdiqlangan “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha
yo‘riqnoma
”.
Dostları ilə paylaş: