34-modda. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov
komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini
tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil
tayinlashga haqli.
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya
tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini o‘z yonida olib yurishi
shart.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi oltinchi qismi , 39-moddasi uchinchi qismi , 58-moddasi beshinchi qismi , 63-moddasi ikinchi qismi , 69-moddasi ikkinchi qismi , 89-moddasi ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida nizom ”. 35-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir
barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni
sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi , 11-moddasi yettinchi qismi , 54-moddasi ikkinchi qismi , 55- moddasi birinchi qismi , 56-moddasi ikinchi qismi , 58-moddasi birinchi qismi . Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman
va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi birinchi , o‘n uchinchi xatboshilari . Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi
akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ”.