7-modda. Yashirin ovoz berish Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish
imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi ikkinchi qismi , mazkur Kodeksning 3-moddasi , 24-moddasi birinchi , oltinchi xatboshilari , 33-moddasi to‘rtinchi qismi birinchi , to‘rtinchi xatboshilari , beshinchi qismi birinchi , ikkinchi xatboshilari , 49-moddasi birinchi qismi , 50-moddasi birinchi qismi birinchi , to‘rtinchi , beshinchi xatboshilari , 53-moddasi ikkinchi qismi birinchi , ikkinchi xatboshilari , 55- moddasi birinchi qismi , 56-moddasi ikkinchi qismi , 57-moddasi to‘rtinchi qismi , 75-moddasi ikkinchi qismi , 80 — 82-moddalari , 85-moddasi ikkinchi qismi . 8-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora
amalga oshiradi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi oltinchi qismi . Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishi to‘g‘risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi
haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan eri va ish vaqti to‘g‘risida xabardor
etadi, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan
tanishtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy
Kengashlar deputatligiga nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari
haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 9 , 10 , 12 , 19 , 21-moddalari , 22-moddasi birinchi , beshinchi xatboshilari , 23- moddasi , 48-moddasi ikkinchi qismi , 59-moddasi uchinchi qismi . Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday
o‘tayotganligini yoritib boradi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi sakkizinchi qismi , 35 , 36-moddalari . Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga
ma’lum qilinadi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek
saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar
ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar,
ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar
ishtirok etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi yettinchi qismi , 35-moddasi birinchi qismi , 54-moddasi ikkinchi qismi , 56-moddasi ikkinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizom ”. Oldingi tahrirga qarang.