O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

9-bob. Saylovoldi tashviqoti
44-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni
nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Saylovoldi tashviqoti (bundan buyon matnda tashviqot deb yuritiladi) nomzodlarni ro‘yxatga
olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz
berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish
(axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish
taqiqlanadi.
Noto‘g‘ri axborotni, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur
yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
45 —48-moddalari
, 100-moddasi to‘rtinchi qismi 
birinchi

ikkinchi
,
uchinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 950-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib
borish tartibi to‘g‘risida 
nizom
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar
xodimlarining, sudyalarning;
saylov komissiyalari a’zolarining;
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining
mansabdor shaxslariga o‘z mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday
siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y.,
03/21/670/0089-son)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin