O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Tashviqotni bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

47-modda. Tashviqotni bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot
materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Nomzodlar va siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni,
fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini
moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Tashviqot materiallari
O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi
kerak:
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi,
ismi va otasining ismi), joylashgan eri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning
familiyasi, ismi va otasining ismi);
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
45-moddasi
.
48-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot olib borish
Nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali tashviqot
uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar,
deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Saylovchilar
bilan uchrashuvlarni o‘tkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka komissiyasiga ma’lum
qilinadi.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida
tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda
o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.


(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat
birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchrashuvlar o‘tkazish
uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda
yordam ko‘rsatishi shart.
Nomzod yoki uning ishonchli vakili boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan
birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil
etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
45-moddasi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin