O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki
qismi hozir bo‘lganda ochiladi.
Uchastka saylov komissiyalari:
yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
komissiyaning ikki a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov
byulletenlarini tayyorlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
beshinchi qismi

23, 24-moddalari
, 28-moddasi 
ikkinchi -
beshinchi qismlari

32

49, 50

54

58-moddalari
.
54-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati
Ovoz berish kuni saylov uchastkasida soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi yangraydi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot
vositalari vakillari hozirligida:
ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi;
saylov qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa
plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;
uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha saylovchilarning soni, olingan saylov byulletenlari soni hamda
muddatidan oldin ovoz berganlar haqida ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga
kiritiladi;
ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi,
zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda
ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi;
ovoz berish tugallanganligini e’lon qiladi;
binoda hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beradi.
Uchastka saylov komissiyasining a’zolari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar ro‘yxatidagi
ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi;
(54-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi
O‘RQ-670-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-
son)
kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun
shart-sharoitlar yaratadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
beshinchi qismi

23, 24-moddalari
, 28-moddasi 
ikkinchi -
beshinchi qismlari

32

49, 50

53

58-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov
komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 
9-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin