O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


 -modda. Saylov o‘tkazilishini cheklash



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

8 -modda. Saylov o‘tkazilishini cheklash
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda
holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar o‘tkazilmaydi.
(8 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi O‘RQ-756-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
2-bob. Saylov okruglari va uchastkalari
9-modda. Saylov okruglarini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb
yuritiladi) tomonidan tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
68-moddasi
, mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi
,
oltinchi

yettinchi xatboshilari
.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi
tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasi 
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy
Qonunining 2-moddasi 
birinchi qismi
.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining
taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi 
birinchi

oltinchi

yettinchi xatboshilari
.
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining chegaralari
Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy
tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida
saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
68-moddasi
.
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun quyidagi saylov okruglari tuziladi:
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun —
oltmishtadan ko‘p bo‘lmagan saylov okrugi;
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish uchun — o‘ttiztadan ko‘p
bo‘lmagan saylov okrugi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Ushbu Kodeksda belgilangan normalar doirasida mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish
uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va
boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi 
birinchi

uchinchi xatboshilari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha
saylov okruglari soni Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan
belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar
Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarining soni esa tegishli xalq deputatlari viloyat
Kengashi tomonidan ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari talablari inobatga olingan
holda belgilanadi.
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha
saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi
tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazish
bo‘yicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tuziladi.
1
1


(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan yettinchi
va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y.,
03/22/779/0528-son)
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari tegishli viloyat, tuman,
shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov
okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga
olingan holda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
68-moddasi
.
Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo‘l qo‘yiladigan eng
ko‘p chetga chiqishi, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak.
Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov
komissiyalarining joylashgan eri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin
tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning 
1-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin