O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


 -modda. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

56 -modda. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat
hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan
hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida
tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi
to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari
orqali xabardor etadi.
Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi
diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki
nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi.
Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish
qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni
surg‘uchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Saylov byulletenlari solingan qop surg‘uchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov
uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar
saqlanadi.
(56 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
57-modda. Muddatidan oldin ovoz berish
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan
oldin ovoz berish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun
qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi,
viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning,
kuzatuvchilarning e’tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
1
1


Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la
olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida
tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini
olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar
ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi
tomonidan to‘ldiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi,
konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga
uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan
tasdiqlanadi.
(57-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 32-moddasi 
birinchi qismi

54-moddasi
, 58-moddasi 
oltinchi qismi
,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning 
8-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin