O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

58-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati
Ovoz berish tugagach, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari ovoz berish
tugaganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari
hozirligida e’lon qiladi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari komissiya a’zolari bilan birgalikda:
plombalarning raqamlarini tegishli dalolatnoma bilan solishtiradi;
oldindan yozuv ashyolarini yig‘ishtirib qo‘yib, saylov byulletenlarini sanab chiqish uchun joy
(stol) tayyorlaydi;
foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlarini sanab chiqadi va bekor qiladi, bu haqda
yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga
tashlaydi;
statsionar va ko‘chma saylov qutilarini ochadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning 
3-ilovasi
.
har bir nomzod bo‘yicha saylov byulletenlarini o‘qib eshittirgan va namoyish etgan holda
alohida-alohida bog‘lamlarga ajratadi;
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlarni sanab chiqadi;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarini aniqlaydi va sanab chiqadi, bu haqda
yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
yakuniy bayonnomaga ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi.
Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chog‘ida kelib
tushgan shikoyatlarni (arizalarni) ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng uchastka saylov komissiyasi
ovozlarni sanab chiqish natijalari bo‘yicha majlis o‘tkazib, unda ovoz berish yakunlari to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi
hamda rais, rais o‘rinbosari, kotib, saylov komissiyasining boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan
bayonnomaga kiritiladi. Shundan so‘ng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais
o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi


hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat
muddatga darhol osib qo‘yiladi.
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili,
kuzatuvchilar uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini
olishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga xalq deputatlari
tuman, shahar Kengashlariga saylovda esa tegishli tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov
komissiyasi mustasno) saylov komissiyalariga taqdim etiladi, asl nusxa esa rais yoki uning
o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida olib borib topshiriladi.
(58-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
beshinchi qismi

24-moddasi
, 28-moddasi 
ikkinchi - beshinchi
qismlari
, 51-moddasi 
ikkinchi qismi

54

58-moddalari
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin