O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

64-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun
qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod
ko‘rsatishi mumkin.
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat o‘z partiyasi a’zolari orasidan
yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga
nomzod ko‘rsatilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Siyosiy partiyaning rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga
olishni iltimos qilib Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar
ilova qilinadi:
siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish
to‘g‘risidagi qarori;
siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod
ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash
joyi, partiyaviyligi ko‘rsatiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi
ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo
varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarida O‘zbekiston Respublikasi
jami saylovchilari umumiy sonining kamida bir foizining imzosi bo‘lishi kerak. Bunda siyosiy partiya
bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) imzolar
umumiy sonining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 933-son
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish
uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish
tartibi to‘g‘risida 
nizom
”.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan
sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib
chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan
nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy
partiyalarning rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar
va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim
etishga haqli.


Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga
olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida
yakunlaydi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin