O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

75-modda. Senatni shakllantirish
Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanadi.
Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda
— olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy
Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz
berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va
jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida
xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi
PF-5918-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi 
Farmoni
.
Senatning vakolat muddati — besh yil.
76-modda. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati
Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy
Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
77-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning saylov kuni
yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim
yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
78-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar,
Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari


saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini o‘tkazish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar,
shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlisini (bundan buyon
matnda qo‘shma majlis deb yuritiladi) chaqirish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga
oshiriladi.
Qo‘shma majlis, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir
bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, mahalliy
Kengashlarga saylov yakunlari e’lon qilinganidan (hammaga ma’lum qilinganidan) keyin uch kunlik
muddatda Senat a’zolarini saylash uchun qo‘shma majlislar o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining qo‘shma majlislarni o‘tkazish sanasi, vaqti hamda joyi
ko‘rsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida, shuningdek uning rasmiy veb-saytida e’lon
qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Qo‘shma majlisni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi ochib, eng obro‘li, tajribali, katta yoshli
deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi to‘g‘risida taklif kiritadi. Qo‘shma majlisning ishini olib
borish uchun ochiq ovoz berish orqali uch kishidan besh kishigacha miqdorda ishchi hay’at
saylanadi, shuningdek tushgan takliflarni hisobga olish va qabul qilinadigan qarorlarni
rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat Kotibiyat tuziladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin