81-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish tartibi Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni o‘tkazish tartibini e’lon
qiladi, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va bir marotaba ishlatiladigan
plombalar bilan plombalaydi.
Saylov qutisi ovoz beruvchi uning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasi
orqali o‘tib boradigan qilib o‘rnatiladi.
Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputat Sanoq komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi, shundan keyin
unga saylov byulleteni topshiriladi.
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida o‘zi
yoqlab ovoz berayotgan Senat a’zoligiga nomzodlarning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda
joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qo‘yish orqali to‘ldiriladi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini ko‘rinarli joyda turishi kerak bo‘lgan saylov
qutisiga tashlaydi.
Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi
mumkin.
Yashirin ovoz berish jarayoni tugaganidan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib
qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi lozim (chap tomondagi yuqori
burchakni qirqib qo‘yish orqali) va alohida saqlanadi.
82-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash Ovozlarni sanab chiqish Sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari
aniqlanguniga qadar tanaffussiz o‘tkaziladi.
Saylov qutisidagi saylov byulletenlari asosida Sanoq komissiyasi:
ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini;
Senat a’zoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan
fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, ovoz berish chog‘ida bitta ham kvadratga
“+” yoki “
” yoxud “x” belgisi qo‘yilmagan saylov byulletenlari, shuningdek yuz tomonida muhr va
Sanoq komissiyasi a’zolarining imzosi bo‘lmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.
Yashirin ovoz berish natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, bayonnoma Sanoq
komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda to‘ldirilishiga va
unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.