O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

83-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash
Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat
a’zoligiga nomzodlar, basharti qo‘shma majlisda hozir bo‘lgan mahalliy Kengashlar deputatlarining
ellik foizidan ko‘prog‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
84-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy
saylovi
Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa,
saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to‘plamagan
nomzodlar bo‘yicha ana shu qo‘shma majlisning o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa.
Ushbu modda ikkinchi qismining 
uchinchi xatboshisida 
nazarda tutilgan hollarda takroriy
saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.


Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n
besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov
o‘tkazish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
85-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari
Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar
kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi,
ro‘yxatga olishdan keyin o‘n kun ichida esa guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi.
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash
chog‘ida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan
bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati a’zolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin