to‘g‘risidagi arizasi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 937-son
qarori bilan tasdiqlangan “Mansabdor shaxslari deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan
lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadigan ijro hokimiyati organlari
ro‘yxati
”.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar
qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni
ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun
qolganida yakunlaydi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat
ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda
aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli
siyosiy partiyalar rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqlar va
xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni tegishli saylov komissiyasiga taqdim
etishga haqli.
Dostları ilə paylaş: