Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan
shaxslarning umumiy sonini,
saylov byulletenlari olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi
saylov byulletenlari sonini
aniqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasi saylov
uchastkasida har bir okrug, har bir nomzod bo‘yicha
berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Sanab chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;
buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Saylov byulletenlariga qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilgan fuqarolarning
familiyalari va
masalalar bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan
ortiq kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisi qo‘yilgan yoki bitta
ham kvadratga bunday belgi
qo‘yilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi
shubha tug‘dirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish
orqali hal
etiladi.
Ovoz beruvchi tomonidan byulletenni to‘ldirish vaqtida xatoga yo‘l qo‘yilgan va uning o‘rniga
yangi
saylov byulleteni berilgan, bu haqda saylovchilar ro‘yxatida hamda
bekor qilingan buzilgan
saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo‘yilgan saylov byulleteni buzilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning
11-bobi
,
10a — 10v-ilovalari
.
Dostları ilə paylaş: