O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

97-modda. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay
qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon
qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi
tomonidan saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi,
shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.
17-bob. Saylovni moliyalashtirish
98-modda. Saylovni davlat tomonidan moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylovga, mahalliy Kengashlarga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Chet davlatlarning, ular jismoniy va yuridik shaxslarining hamda xalqaro tashkilotlarning
mablag‘lari hisobidan saylovni moliyalashtirish hamda nomzodlar va siyosiy partiyalarni moddiy
jihatdan boshqacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va
fuqarolar saylov o‘tkazish uchun o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda berishi mumkin. Bu mablag‘lar
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi jarayonida ulardan foydalanish uchun
qabul qilib olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son
qarori “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik
ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida 
yo‘riqnoma
”.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin