25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
99-modda. Saylov komissiyalarini moliyalashtirish Markaziy saylov komissiyasini, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarini, okrug va uchastka
saylov komissiyalarini saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 11-bobi , “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 12-bobi . Markaziy saylov komissiyasini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetida
alohida satrda nazarda tutiladi.
Saylov komissiyalari ishiga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash saylovni
o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Saylov komissiyalarining a’zolariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir
xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa
xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.
Saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan a’zolariga, shu jumladan
pensionerlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi to‘lanadi.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)