O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

100-modda. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish
Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylovda, mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ana shu maqsadlar uchun
ajratiladigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat
mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan belgilanadi. Bu haqdagi axborot Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida,
shuningdek zarur hollarda, boshqa manbalarda e’lon qilinadi.
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘lari shu
partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin ro‘yxatga olingan nomzodlar soniga
muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat
mablag‘lari:
tashviqot olib borishga;
nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o‘tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar
ishini tashkil etishga;
saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanadi.
Siyosiy partiyalar o‘zining saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi axborotni
saylov yakunlari e’lon qilinganidan keyin bir oy ichida o‘z rasmiy veb-saytlarida va bosma
nashrlarida e’lon qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 
Qonun
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda
mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”ning 
3-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin