O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

12-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
kamida o‘n besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismi 
14-bandi
, 117-moddasi
yettinchi

sakkizinchi qismlari
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi birinchi qismi 
14-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining
8-moddasi birinchi qismi 
14-bandi
.
Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining,
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik
palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
to‘g‘risida”gi Qonunining 
20-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 
24-moddasi
.
Markaziy 
saylov 
komissiyasining 
Raisi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining
taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari
orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining va uning o‘rinbosarining guvohnomasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa a’zolarining guvohnomasi
esa Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin