O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə100/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   356
Soliq kodeksi 2023

134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari
Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning (bundan buyon ushbu moddada mijoz deb yuritiladi) hisobvarag‘i yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvarag‘i yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi axborotni tegishli hodisa ro‘y bergan kundan e’tiboran uch kun ichida elektron shaklda, o‘zi joylashgan erdagi soliq organiga ma’lum qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni bank tomonidan ma’lum qilish tartibi va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(134-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘roviga binoan bank yozma so‘rov olingan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni berishi shart:
1) mijozning bankda hisobvaraqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
2) mijozning hisobvaraqlari va omonatlaridagi (depozitlaridagi) pul mablag‘larining qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni;
3) mijozning hisobvaraqlaridagi operatsiyalarga hamda omonatlariga (depozitlariga) doir ko‘chirmalarni;
4) soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli organining so‘rovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan so‘rab olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organi tomonidan bankka so‘rov yuborish shakli va tartibi hamda banklar tomonidan soliq organlarining so‘rovlariga ko‘ra axborot taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(134-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin