O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə188/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   356
Soliq kodeksi 2023

261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Soliq to‘lovchining amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab nol soliq stavkasini qo‘llash huquqini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati hamda ularni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(261-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 260-moddasi.
262-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka bo‘yicha soliq solinadi.
(262-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirgan holda ushbu Kodeksning 258-moddasi birinchi qismida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim.
(262-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 258-moddasi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin