O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə208/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   356
Soliq kodeksi 2023

289-modda. Soliq stavkalari
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
(289-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Tamaki mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab
chiqariladigan


1.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek

342 000 so‘m/
1 000 dona
+ 10 foiz

2023-yil
1-yanvardan:
203 500 so‘m/
1 000 dona +
10 foiz

2023-yil
1-fevraldan:


223 850 so‘m/
1 000 dona +
10 foiz

2.

Sigara

5 720 so‘m/1 dona

3.

Chilim uchun tamaki

341 000 so‘m/kg*

4.

Chekiladigan, o‘rama tamaki

341 000 so‘m/kg

5.

Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki

341 000 so‘m/kg

6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar

341 000 so‘m/kg

7.

Nikotinli tamakisiz snyus

137 500 so‘m/kg

8.

Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**

605 so‘m/ml

* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
(2891-moddaning birinchi qismining O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi to‘g‘risidagi axborotni iste’mol qadog‘ida (idishda) ko‘rsatish sharti bilan qo‘llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo‘yicha tamaki xomashyosi massasi netto og‘irligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz solig‘i netto og‘irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tamaki xomashyosining og‘irligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi, bunda iste’mol qadog‘ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og‘irligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadog‘ida (idishida) tovarning og‘irligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadog‘ini (idishini) hisobga olgan holda netto og‘irligiga nisbatan qo‘llaniladi.
(2891-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin