O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar (zararlar)



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə213/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   356
Soliq kodeksi 2023

298-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar (zararlar)
Ushbu moddaga muvofiq aniqlanadigan, chiqib ketishdan olinadigan moliyaviy natija amortizatsiya qilinadigan aktivlarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad (zarar) deb e’tirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Amortizatsiya qilinadigan aktivning qoldiq qiymati ushbu Kodeks 306-moddasining yigirma oltinchi va yigirma yettinchi qismlariga hamda 307-moddasining yettinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda bunday aktiv bo‘yicha 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra to‘plangan qo‘shimcha baholash summasi (ilgari qayta baholangan narxini oshirish summasining oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi.
Boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Mazkur qismning qoidalari ushbu Kodeksning 45-bobiga muvofiq soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladigan mol-mulkning chiqib ketish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(298-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 270-moddasi.
299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan tekin olingan mol-mulk va (yoki) xizmatlar soliq to‘lovchining daromadi deb e’tirof etiladi.
Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chog‘ida oluvchi shaxsning daromadlari, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tekin olingan mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymati hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Xususan, quyidagilar shunday hujjatlar bo‘lishi mumkin:
1) yuklab jo‘natishga, yetkazib berishga yoki topshirishga doir hujjatlar;
2) mahsulot yetkazib beruvchilarning narxga doir ma’lumotlari (prays-varaqlar);
3) ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
4) birja xabarlari;
5) davlat statistika organlarining ma’lumotlari.
Qarz beruvchiga foizli daromad to‘lash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish chog‘ida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz beruvchining daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lgan foizlar to‘lash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu modda to‘rtinchi qismining qoidalari:
1) banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga);
3) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bir ishtirokchisi tomonidan ayni shu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishdan naf oluvchi oladigan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 322-moddasi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin