O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə251/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   356
Soliq kodeksi 2023

343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentiga to‘lanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda to‘lov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
(343-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 345-moddasi.
Agar dividendlar O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentiga to‘lansa, olingan dividendlarga nisbatan to‘lanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy bo‘yicha to‘langan soliq summasiga kamaytirishga, agar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 337-moddasi.
344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentiga to‘lanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablag‘larni depozitga joylashtirishidan to‘lanadigan foizlarga to‘lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
(344-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin