O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq agentining javobgarligi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə253/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   356
Soliq kodeksi 2023

346-modda. Soliq agentining javobgarligi
Soliq summasi to‘lov manbaida ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti soliqning ushlab qolinmagan summasini va u bilan bog‘liq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritishi shart.
49-bob. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlarning daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentning daromadlaridan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash ushbu bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning 43 — 47-boblarida belgilangan tartibda mazkur norezident tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43 — 47-boblari.
Bajarilishi mazkur bobda nazarda tutilgan, faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident bo‘lgan soliq to‘lovchining majburiyatlari uning doimiy muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bunda doimiy muassasa soliq to‘lovchining barcha huquqlariga ega bo‘ladi.
Doimiy muassasaning jami daromadini bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran olingan daromadlarning quyidagi turlari tashkil etadi:
1) norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini o‘zining doimiy muassasasi orqali amalga oshirish natijasida olingan daromadlar;
2) norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va (yoki) uni tasarruf qilishdan olgan daromadlari;
3) norezidentning daromadlari, shu jumladan uning boshqa davlatlardagi tuzilmaviy bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan mazkur yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladigan faoliyatga aynan o‘xshash yoki bir xil faoliyatni amalga oshirishdan oladigan daromadlari;
4) ushbu Kodeksning 351-moddasida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan doimiy muassasaga tegishli boshqa daromadlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 351-moddasi.
5) bunday doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
Agar norezident O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi bilan birgalikda bajariladigan bitta loyiha yoki aloqador loyihalar doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, agar norezident xuddi shunday yoki aynan o‘xshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan o‘xshash sharoitlardagi faoliyatda band bo‘lgan yakka va alohida shaxs bo‘lganida hamda o‘zi doimiy muassasasi bo‘lgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatganida olishi mumkin bo‘lgan daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb hisoblanadi.
Agar norezidentning doimiy muassasasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarni (xizmatlarni) norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boshqa tarkibiy bo‘linmasi realizatsiya qilsa, agar u xuddi shunday yoki aynan o‘xshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan o‘xshash sharoitlardagi faoliyatda band bo‘lgan yakka va alohida shaxs bo‘lganida hamda o‘zi doimiy muassasasi bo‘lgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatganida olishi mumkin bo‘lgan daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb e’tirof etiladi.
Agar norezident O‘zbekiston Respublikasida uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan tayyorgarlik va (yoki) yordamchi turdagi faoliyatni amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solinadigan baza ushbu doimiy muassasaning bunday faoliyat bilan bog‘liq xarajatlari summasining 20 foizi miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari oldidagi majburiyatlari bo‘yicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (xarajatlari) jumlasiga kiritilmaydi.
(347-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan bittadan ortiq muassasasi bo‘lsa, soliq solinadigan baza va soliq summasi har bir muassasa uchun alohida hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘langandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeks 353-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda to‘qqizinchi qismining qoidalarini qo‘llash maqsadlarida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida ko‘rsatilgan tartibda qo‘llashga haqli. Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomasida dividendlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng kami qo‘llaniladi.
(347-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida olingan zararning (zararlarning) umumiy summasiga, basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan bo‘lsa, kamaytiriladi.
Sof foydadan olinadigan soliqning hisoblab chiqarilgan summasi soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga to‘lanadi.
(347-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin