O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   356
Soliq kodeksi 2023

46-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish
Tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini haq olish asosida o‘tkazish yoki haq evaziga xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qo‘yilgan tovarlarni ayirboshlash va o‘tkazish tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini bepul asosda o‘tkazish yoki bepul asosda xizmatlar ko‘rsatish ham realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksi.
47-modda. Hisobvaraq-faktura
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida” nizom.
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida, agar sotuvchi xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o‘zgarganda, shu jumladan yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar narxi o‘zgargan yoxud miqdori (hajmi) aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim bo‘lgan chet el yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reyestrlarini, sotish reyestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks 282-moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish qismi bo‘yicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni yuritmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(47-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin