O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq to‘lash tartibi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə317/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   356
Soliq kodeksi 2023

440-modda. Soliq to‘lash tartibi
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
XVII BO‘LIM.
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ

63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
441-modda. Soliq to‘lovchilar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar;
dehqon ho‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.
(441-modda birinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin