Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. 453-modda. Soliq davri. Hisobot davri Quyidagilar soliq davridir:
yuridik shaxslar uchun — chorak;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Quyidagilar hisobot davridir:
yuridik shaxslar uchun — bir oy;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi. 454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 4511-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi. Oldingi tahrirga qarang.