O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə340/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   356
Soliq kodeksi 2023

469-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir oy hisobot davridir.
(469-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
(470-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay;
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning II-bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
4701-modda. Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.
Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga soliq davri mobaynida o‘tilgan taqdirda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani o‘n ikkiga bo‘lish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar soliq davri davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq to‘lovchining jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshsa, u holda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish ro‘y bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi.
Soliq davri davomida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni to‘lashga o‘tish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda to‘lanadi.
Soliq to‘lovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etishga va o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashga o‘tishga haqli.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi mazkur soliq bo‘yicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda to‘laydi.
(4701-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin