474-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi Ushbu Kodeks 473-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeks 473-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi.
(474-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-iyuldagi O‘RQ-783-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 03/22/783/0620-son) Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas.
Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasi. 69-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari 475-modda. Umumiy qoidalar Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.
Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:
hisob yuritish va hisobot berish tartibi;
soliq solish va boshqa to‘lovlarni to‘lash shartlari;
chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.