483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
2020-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalari, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek “O‘zaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasi:
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan, elektron hisob-fakturalarni qo‘llovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan tartibda hisoblab chiqarishga va to‘lashga haqli;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 37-bobi. 3) foyda solig‘ini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar kiritilmaydi;
4) qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda to‘lashni ushbu Kodeksning 392 va 408-moddalarida ko‘rsatilgan, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini majburiy tarzda to‘xtatib turgan soliq to‘lovchilarga nisbatan to‘xtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning vaqtinchalik to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga o‘xshash tartibda xabardor qilishi shart;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 392, 408-moddalari. 5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin obyektlarini qurish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
6) ushbu Kodeks 415-moddasining uchinchi qismida, 422-moddasining oltinchi qismida, 429-moddasining to‘qqizinchi qismida va 437-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan, shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular bo‘yicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qo‘llanmaydi.
(72-bob O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 1-dekabrdagi O‘RQ-652-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2020-y., 03/20/652/1581-son — 2020-yil 1-martdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 415, 422, 429, 437-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 2021-yil 1-maydan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
(483-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son — 2022-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.) O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi O‘RQ-689-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son)