O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə353/356
tarix26.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#136039
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   356
Soliq kodeksi 2023

Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil 1-sentabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — 483-modda o‘ninchi qismining qoidalari 2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)
Oldingi tahrirga qarang.
Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasini to‘lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Ushbu qismning qoidalari 2021-yil 1-iyuldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu hududlarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) 2021-yil 10-sentabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
LexUZ sharhi
Ushbu qismning qoidalari 2021-yil 10-sentabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan tog‘li hududlarning hamda yer maydonlari sho‘rlangan hududlarning ro‘yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan 2020-yil 1-maydan 2022-yil 1-noyabrga qadar ozod qilinadi. Bunda zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik ho‘jaliklarining ro‘yxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Ushbu qismning qoidalari 2020-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
LexUZ sharhi

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   356




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin